Grants.uz

Grants.uz O’zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari markazidan ro’yxatdan o’tgan, xorijda ta’lim olish bo’yicha konsultativ-maslahat markazi hisoblanadi.

Grants.uz dunyoning rivojlangan davlatlaridagi ko’plab nufuzli universitetlarga grant, qisman grant va kontrakt to’lovi asosida o’qishga joylashishingizda ishonchli va sifatli xizmat ko’rsatadi.

  • Mamlakatimizda chet elda ta’lim olishga e’tibor kundan-kunga oshib borayotganligi sababidan, ko’plab xorijda o’qish istagida yurgan yoshlarimizning xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinish jarayoniga Grants.uz ning professional xodimlari tomonidan amaliy yordam ko’rsatiladi.
  • Agentligimiz butun dunyodagi oliy ta’lim va o’quv maktablari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzadi, bu sizning qabul qilinishingiz kafolatini ta’minlaydi. Sizning istagingizni va universitet talablarini inobatga olgan holda siz uchun to’g’ri bo’lgan muassasa topishga yordam beramiz.
  • Bizning mutaxassislarimiz istaklaringizni va imkoniyatlaringizni hisobga olgan holda har qanday byudjet uchun dasturni tanlaydi. Bundan tashqari, bizning agentlik uchun universitetlar tomonidan har bitta talaba uchun individual faoliyat olib borish bilan birga qisman yoki to’liq stipendiya ajratiladi.Qabul qilish jarayonida byudjetni rejalashtirish va imkon qadar ko’proq mablag’ tejashga yordam beramiz.

Bizning ofisimizga tashrif buyuring, bizning professional maslahatchilarimiz sizga chet elda o'qish to'g'risida eng kerakli ma'lumotlarni taqdim etadilar. Siz qanday qilib to'g'ri o'quv yurtini tanlashni, qanday qilib elchixonada intervyu olishni, o'qishga kirish ehtimolingizni qanday oshirishni va boshqa ko'plab foydali ma'lumotlarni o'rganasiz! Agar bizning agentligimiz orqali Oliy ta’lim olishga qaror qilsangiz, bizga bir necha oy oldin murojaat qilishingiz kerak bo`ladi, chunki qancha ko`p vaqtingiz bo`lsa shuncha ko`p variantlar va imkoniyatlar mavjud bo`ladi. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Bizning Jamoa

Shoxrux Ulug’bekovich

Ta’sischi va director

Barcha savollar bo’yicha bosh consultant

Hilola Maxmudovna

Osiyo davlatlarining ta’lim dasturlari bo’yicha konsultant

Umidjon Uchqunovich

Regional menejer va marketolog

Mahfuza Po’latovna

Yevropa davlatlarining ta’lim dasturlari bo’yicha konsultant

FEATURES UZ

Axborotning dolzarbligi

Ta’lim muassasalarini tanlashda ko’plab abiturientlar noto’g’ri yoki eskirgan ma’lumotlarni nashr etadigan ishonchsiz internet manbalariga tayanadi.

Ta’lim muassasalarini tanlashda ko’plab abiturientlar noto’g’ri yoki eskirgan ma’lumotlarni nashr etadigan ishonchsiz internet manbalariga tayanadi. Bu esa, oliy o’quv yurtiga qabul qilish uchun hujjatlar to’plamini tayyorlashning birinchi bosqichidagi xatoliklarga olib keladi. GRANTS.UZ tashkiloti dunyoning ko’plab universitetlari bilan ko’p yillik tajribasidan kelib chiqib Sizga hujjatlarni qabul komissiyasiga to’g’ri yuborishda sizni ushbu xavflardan himoya qiladi.

Ariza jarayoni

Akademik ko’rsatkichlaringizga asoslanib, konsultant sizga institutlar ro’yxatini tuzishda va institutga topshirish jarayonida yordam beradi.

Xorijiy Oliygohda ta’lim olish uchun ketadigan jarayonga ancha vaqt talab etiladi. Dastur tanlash, hujjatlarni vakolatli ijro etish, universitet bilan aloqaga chiqish, ro’yxatdan o’tish, viza va barcha qolgan muhim jarayonlarga yetarlicha vaqt ajratiladi. Bu jarayonda kichkinagina e’tiborsizlik ham barcha ishingizni barbod qilishi mumkin, ammo vakolatli maslahatchi o`z ishini to`liq va aniq bajaradi hamda vaqtingizni tejaydi. Va faqatgina bizning agentligimizda, sizga ma’qul kelgan dasturlar, grantlar va stipendiyalar mavjud.

Byudjetni rejalashtirish

GRANTS.UZ professionallari istaklaringizni va imkoniyatlaringizni hisobga olgan holda har qanday byudjet uchun dasturni tanlaydi.

Bundan tashqari, bizning agentlik uchun universitetlar tomonidan har bitta talaba uchun individual faoliyat olib borish bilan birga qisman yoki to’liq stipendiya ajratiladi. Qabul qilish jarayonida byudjetni rejalashtirish va imkon qadar ko’proq mablag’ tejashga yordam beramiz.

Vaqtni tejash

GRANTS.UZ bilan ro’yxatga olish jarayoni tezlashadi,chunki agentligimiz o’zining ko’p yillik ma’lumotlar bazasiga va ta’lim dasturlarini topish uchun vaqtga asoslangan strategiyasiga ega. Internetda mos universitetni qidirib, soatlab o’tirishga to’g’ri kelmaydi, balki siz chet tilingizni shu vaqt jarayonida yanada yaxshilashingiz va chet elga ketishga tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.

Agar bizning agentligimiz orqali Oliy ta’lim olishga qaror qilsangiz, bizga bir necha oy oldin murojaat qilishingiz kerak bo`ladi, chunki qancha ko`p vaqtingiz bo`lsa shuncha ko`p variantlar va imkoniyatlar mavjud bo`ladi.

Kafolatlangan qabul

GRANTS.UZ tashkilotiga hujjat topshirgan har bir abituriyentning talaba bo’lishi kafolatlanadi. Tashkilotimiz butun dunyodagi oliy ta’lim va o’quv maktablari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzadi, bu sizning qabul qilinishingiz kafolatini ta’minlaydi.

Sizning istagingizni va universitet talablarini inobatga olgan holda siz uchun to’g’ri bo’lgan muassasa topishga yordam beramiz.