Turkiya haqida 10 ta qiziqarli faktlar

Turkiyani kurortdan boshqa narsa emas deganlar qattiq adashadilar. Bu davlat o’zining boy ma’daniyati va tarixi bilan nom chiqargan. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, Turkiya Usmoniylar imperiyasining tog’ridan-to’g’ri vorisi va dunyoning oldi davlatlari ichida ahamiyatli o’rin egallaydi.

TURKIYADA TA’LIM VA HAYOT

Xaritaga ko'z tashlansa alohida geografik joylashuvi bilan, jild jild kitoblarga mavzu bo’la olgan uzoq tarixi bilan, hududida turli etnik guruhlarni o’z ichiga olgan holda rivojlangan ma’daniyati bilan Turkiya bugungi kunimizda dunyoning eng muhim davlatlari orasidan joy oladi. Bu zaminni himoya qilishda va kelajakka yetkazib berishda ta'limning ahamiyati juda katta. Ta'lim tizimi mamlakatda rivojiga eng ko’p e’tibor qaratilgan sohalardan biridir hamda Turkiyada dunyoning eng zamonaviy ta'lim tizimlarini qo’llanilmoqda. Shuning uchun, so'nggi yillarda Turkiyada xorijiy talabalar sonining ortishi kuzatilmoqda. Bu ortishning sabablarini bir qancha sarlavhalar ostida guruhlashtirishimiz mumkin.