VISTULA Universiteti

Polsha, Varshava

Universitet haqida

VISTULA universiteti Polshadagi eng nufuzli xususiy universitetlardan biri hisoblanadi. U 1996 yilda Varshavada Iqtisodiyot va Informatika Oliy maktabi sifatida tashkil etilgan va 2011 yilda VISTULA universiteti deb nomlangan. Xalqaro talabalar orasida mashhur bo'lgan ushbu universitet 1996 yilda tashkil etilgan va Polshaning birinchi xususiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Vistula universiteti Polsha Respublikasi Fan va oliy ta'lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi va Davlat akkreditatsiya qo'mitasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan. Universitet bir necha yo'nalish bo'yicha ingliz va polyak tillarida dasturlarni taklif etadi. Vistula Universitetida tahsil olayotgan talabalar 60 dan ortiq turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan xalqaro muhitda o'qish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ladilar. Jozibali o'quv dasturidan tashqari, universitet o'z talabalariga stajirovkalar va Erasmus kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatini taklif etadi. Bundan tashqari, COOP-EDU dasturi orqali IBM, Microsoft, Aster va Oracle kabi ko'plab taniqli kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Bu hali hammasi emas! Agarda siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz-u lekin IELTS sertifikarini olishga ulgurmagan bo'lsangiz, universitet tomonidan tashkil etiladigon video intervyu orqali ham o'qishga kirish imkoniga egasiz!

Fakultetlar

Bakalavriat mutaxassisliklari
Yonalishlar
O'quv to'lovi yiliga Euro Ta’lim davri
Economics 2 500 EUR 3 yil
Finance and accounting 2 000 EUR 3 yil
Graphics 2 000 EUR 3 yil
International Relations 2 500 EUR 3 yil
Journalism and Communication 2 500 EUR 3 yil
Management 2 500 EUR 3 yil
Architecture 2 500 EUR 3 yil
Computer Engineering 2 500 EUR 3.5 yil
Tourism and Recreation 2 500 EUR 3.5 yil
Project management 2 500 EUR 3.5 yil
Triple diploma in hospitality management 2 500 EUR 3.5 yil
Magistratura mutaxassisliklari
Yonalishlar
O'quv to'lovi yiliga Euro Ta’lim davri
Tourism and Recreation 2 000 EUR 2 yil
Computer Engineering 2 500 EUR 1.5 yil
English Studies 2 500 EUR 1.5 yil
Finance and Accounting 2 500 EUR 2 yil
International Relations 2 500 EUR 2 yil
Management 2 500 EUR 2 yil

So'rov qoldiring

Bepul konsultatsiya olish uchun quyida so’ralgan ma’lumotlarni kiriting va bizning operatorlarimiz sizga qo’ng’iroq qilib maslahat beradi!.

Murojaat yuborish