Savollarga Javoblar

GRANTS.UZ ga tez -tez beriladigan savollar

  • IELTS sertifikatiga ega bo'lmagan holda qaysi davlatlarga o'qishga kirish mumkin?

    Turkiya, Kipr, Rossiya, Xitoy, Koreya, oliy o’quv yurtlari bakalavriat va magistratura dasturlari uchun IELTS sertifikatisiz xorijiy talabalarni qabul qiladi, ammo, bu mamlakatlarda til kurslarini o’tish kerak bo’ladi. Yevropada bunday mamlakat Chexiya hisoblanadi. Agar yangi xorijiy til o’rganishni istasangiz, Germaniya, Italiya, Xitoy yoki Chexiyada ta’lim olish haqida o’ylab ko’ring, chunki bu mamlakatlarning davlat tilini bilgan talabalarga o’qish mutlaqo bepul. Agar siz ushbu mamlakatlarda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz, biz sizni ofisimizda kutamiz!

  • Shubhasiz, bu borada eng sahovatli mamlakat Xitoy bo’lib, talabalarga universitetda o’qish va yashash xarajatlarini qoplash uchun grantlar ajratadi. Koreya ham ortda qolmaydi va talabalarga o’quv xarajatlarining 40% dan 100% gacha chegirmalar taklif qiladi. Singapur va Birlashgan Arab Amirliklari ham o’z talabalarini qisman shartnoma imtiyozlari bilan rag’batlantiradilar. Rossiya federatsiyasi va Italiya ham talabalarga 100%lik grantlar va stipendiyalar ajratadi. Malayziya esa Kuala-Lumpurga bepul chipta taqdim etadi! AQSh, shuningdek, oldingi ta’lim joyingizdagi akademik ko’rsatkichlarga asoslangan holda 25% gacha chegirmalarni taqdim etadi. Latviya tanlov asosida davlat stipendiyasini olish imkoniyatini beradi: 500 evro — bakalavriat uchun, 680 evro — magistratura uchun.

  • Har bir davlatning elchixonasi mustaqil tashkilot bo'lganligi sababli, hech kim sizga 100% viza olishingizga kafolat bera ololmaydi. Balki, elchixonaga kerakli hujjatlarni tayyorlashda ko'p yillik tajribamizga asoslanib, bizning mijozlarimiz 95% holatlarda vizaga ega bo'ladi.

  • Har bir universitet, grant berish jarayonida, sizning litsey/kolledj/universitet baholaringizga, turli-tuman yutuq va sertifikatlaringizga ahamiyat beradi. Albatta IELTS/TOPIK darajalari grant berish jarayonida asosiy ro'l o'ynaydi. Grantlar taxminan quyidagicha: • IELTS 5.5/6.0 — 30/50% gacha • IELTS 6.5/7.0 — 50/70% gacha • IELTS 7.5/8.0 — 70/100% gacha

  • 2019-yilda O’zbekistonda dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliy o’quv yurtining va Rossiya davlat universitetlarining diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiyalanadigan qaror qabul qilindi. Ushbu qonun chiqarilgandan so’ng, bizning agentligimiz talabalarimizning farovon kelajagini ta’minlash maqsadida aynan shunday xorijiy institutlar bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda.